
Xonanda Ozoda Nursaidova oʻz muxlislarini quvontiradigan katta yangilik bilan boʻlishdi. U 2025 yil 7–16 may kunlari "Xalqlar doʻstligi" san'at saroyida yirik kontsert dasturini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
San'atkorning ushbu kontserti butunlay jonli ijroda oʻtadi va davlat simfonik orkestri tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Bu shou oʻzining garmoniyasi va yuqori saviyasi bilan koʻpchilikka manzur boʻlishi kutilmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga koʻra, kontsert bahorning eng muhim san'at tadbirlaridan biriga aylanadi. Tadbir nafaqat Oʻzbekiston, balki xalqaro miqyosda ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Kontsertga chipta narxlari 40 ming soʻmdan boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar