Botir Qodirov: “Shakar umuman yemayman”

Xonanda Botir Qodirovdan yosh o‘tgani sari ko‘pchilik vazn to‘plashi, ammo uning qomati yillar davomida deyarli o‘zgarmayotgani haqida so‘raldi. San’atkor buning asosiy sabablari oila, to‘g‘ri ovqatlanish, intizom va sport ekanini ta’kidladi.
«Avvalo, sog‘lom bo‘lish uchun oilaning qo‘llab-quvvatlashi muhim. Keyin esa to‘g‘ri ovqatlanish, intizom va, albatta, sportga e’tibor berish kerak», — dedi Botir Qodirov.
Xonanda qaysi sport turi bilan shug‘ullanishi haqidagi savolga esa zalga borishi va fitnes bilan muntazam mashg‘ul bo‘lishini aytdi.
«Men zalga boraman, fitnes bilan shug‘ullanaman va ovqatlanishimga qarayman», — dedi u.
San’atkordan kundalik ratsionida qaysi mahsulotlar yo‘qligi ham so‘raldi. Botir Qodirov shakar iste’mol qilmasligini ma’lum qildi.
«Shakar umuman yemayman. Yog‘larning ayrimlarini iste’mol qilaman, ayrimlarini iste’mol qilmayman», — dedi xonanda.
Uning yosh ko‘rinishi hatto suhbatdoshida «shakar yemaganingiz uchun hali ham qarimagandirsiz, balki qandaydir eliksir icharsiz?» degan hazilomuz savolni ham uyg‘otdi.
Botir Qodirov esa buning aniq bir siri yo‘qligini ta’kidladi.
«Yo‘q, bu, menimcha, genetik shundaydir yoki oilam yaxshi e’tibor qiladimi, intizom... Hammasi bir-biriga bog‘liq», — deya javob berdi xonanda.






























Izohlar 0
…