Ozoda Nursaidova Sabrina voqeasi bo‘yicha yana gapirdi: “Notayin odamlar bilan ishlaganim uchun afsusdaman”

1 daqiqa o'qish1.8K
Ozoda Nursaidova Sabrina voqeasi bo‘yicha yana gapirdi: “Notayin odamlar bilan ishlaganim uchun afsusdaman”
“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsert dasturini namoyish etayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidova o‘z klipi suratga olish vaqtida sodir bo‘lgan halokatli hodisaga yana bir bor munosabat bildirdi. U noprofessional va mas’uliyatsiz odamlar bilan ishlash orqali hech qanday ijodiy yutuq bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Hamma narsani boshlagan, o‘sha qizni 'Gelik'ka o‘tqizgan odam hozir men yo‘q edim, bilmabman deb o‘ziga javobgarlikdan qochyapti. To‘qmoq avvaliga mening boshimda sindi, u esa o‘sha yerda o‘zini go‘yoki hech narsadan bexabar qilib turibdi. Men shunday xulosaga keldim: bundan keyin noprofessional, tayini yo‘q odamlarni hech qachon yaqinimga yaqinlashtirmayman,” — dedi Ozoda.

“Harom-harish odamlar bilan san’at qila olmaymiz”

Nursaidova o‘z atrofida ishlaydigan jamoaga nisbatan talabchanlik kuchaytirilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, san’atga tasodifan kirib qolgan, tayyorgarligi va mas’uliyati yo‘q insonlar bilan ishlash nafaqat xavfli, balki tahlikali oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.

“Hech qachon bunaqa odamlarni o‘ziga yaqinlashtirmaslik kerak. San’at bu – javobgarlik, bu – kasb, bu – halol ish. Biz notayin odamlarning kasriga qolib ketdik,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatma: mudhish hodisaning tafsilotlari

15 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida aktrisa Sabrina Jabborova bilan bog‘liq halokat yuzasidan sud jarayoni boshlandi. Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” qo‘shig‘iga klip suratga olish vaqtida 16 yoshli aktrisa “Gelik” rusumli avtomobilni boshqarib, Sabrina Jabborovani bosib ketgan edi.

Sabrina jarohat olgandan so‘ng, Toshkentda muvaffaqiyatsiz jarrohlik amaliyotidan keyin bir oyog‘i qisqalasha boshlagan. Ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishidan so‘ng ko‘ngillilar tomonidan unga 367 million so‘m mablag‘ yig‘ib berildi va u Turkiyadagi klinikada ikkinchi marta operatsiya qilindi. Hozirda u to‘g‘ri yurishni boshlagan.

Zamin.uz tahririyati ushbu hodisa bo‘yicha barcha jarayonlarni yoritishda davom etadi. Siz bu holatga qanday baho bergan bo‘lar edingiz?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?