Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevroli SAFE jamg‘armasiga yo‘l ochdi

1 daqiqa o'qish215
Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevroli SAFE jamg‘armasiga yo‘l ochdi
Yevropa Ittifoqi Kengashi 27 may seshanba kuni qabul qilgan bayonotda Yevropa Ittifoqi tomonidan 150 milliard yevroga teng Security Action for Europe (SAFE) mudofaa jamg‘armasi yaratilishi ma’qullangani e’lon qilindi.

Press-relizga ko‘ra, yangi jamg‘arma a’zo davlatlarni qo‘shma xaridlar orqali mudofaa sanoati ishlab chiqarishini kengaytirishga qo‘shimcha rag‘bat beradi hamda Yevropa mudofaa sanoati va texnologik bazasiga shoshilinch va katta sarmoyalarni moliyalashtiradi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, bu tashabbusning asosiy maqsadi – ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mudofaa uskunalarining doimiy mavjudligini ta’minlash va ehtiyojlarni qoplash bilan bir qatorda, Yevropa Ittifoqi umumiy mudofaa qobiliyatini kuchaytirishdir.

Shuningdek, SAFE jamg‘armasi Yevropa Ittifoqiga Ukrainaga yordam berishni davom ettirish imkonini beradi. Bu orqali Ukraina mudofaa sanoatini dastlabki bosqichdayoq qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, ajratiladigan mablag‘lar a’zo davlatlarga so‘rov asosida «raqobatbardosh» foizlar bilan uzoq muddatli kreditlar shaklida beriladi. Biroq, ushbu kreditlar uchun shartlardan biri – kamida yana ikkita davlat bilan hamkorlikda xaridlarni amalga oshirish talab etiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?