"Gubka Bob" yana katta ekranda: Yangi 3D film tizeri chiqdi

"Gubka Bob" yana katta ekranda: Yangi 3D film tizeri chiqdi
Mashhur multfilm qahramoni Gubka Bob haqidagi navbatdagi to‘liq metrajli filmning ilk rasmiy tizeri namoyish etildi. Paramount Animation va Nickelodeon Movies tomonidan suratga olingan "Gubka Bob: Kvadrat shimlar izidan" filmi 19 dekabrda katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda, deb Peopletalk xabar berdi.

Film haqida muhim ma’lumotlar:

- Bu franshizadagi to‘rtinchi to‘liq metrajli film hisoblanadi.
- Unda asosiy qahramonlar — Gubka Bob, Patrik va boshqalar yangi va hayratomuz sinovlarga duch kelishadi va har doimgidek sarguzasht izlaydilar.
- Yangi film 3D-animatsiya formatda suratga olingan. Bu avvalgi 2D serial uslubidan farq qiladi.

Jamoa haqida:

Rejissyor — Derek Draymon (uning to‘liq metrajli filmdagi ilk ishi).
Ssenariy mualliflari — Pem Breydi va Mett Liberman.
Prodyuserlar — Pem Breydi, Liza Styuart va Aaron Demom.

2024 yil iyun oyida Netflix Gubka Bob dunyosidagi mashhur salbiy qahramon — Plankton haqida alohida multfilm chiqarishi ma’lum qilingan edi. Uning tizeri va posteri fevralda taqdim etilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar