«Maxluqlar ta’tilda 5» rasman e’lon qilindi: Drakula yana qaytmoqda

1 daqiqa o'qish256
«Maxluqlar ta’tilda 5» rasman e’lon qilindi: Drakula yana qaytmoqda

Sony va Amazon MGM kompaniyalari mashhur «Maxluqlar ta’tilda» (Hotel Transylvania) animatsion franshizasining beshinchi qismi ishlab chiqilayotganini rasman tasdiqladi. Yangi multfilm tomoshabinlar hukmiga 2027 yil 8 oktyabr kuni taqdim etiladi.

Film «The Haunting of Hotel Transylvania» deb nomlanadi. Yangi qismda Drakula, uning qizi Meybel hamda boshqa qahramonlar «Transilvaniya» mehmonxonasida yuzaga kelgan sirli voqealarga duch keladi. Ular mehmonxonada paydo bo‘lgan g‘alati hodisalar ortida kim turganini aniqlash uchun xavfli va qiziqarli sarguzashtga otlanadi.

Multfilm rejissyorlari sifatida franshizaning to‘rtinchi qismi — «Transformaniya» ustida ishlagan Jennifer Kluska va Alan Houkins faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, «Maxluqlar ta’tilda» ilk bor 2012 yilda katta ekranlarga chiqqan edi. O‘tgan yillar davomida franshiza butun dunyo bo‘ylab 1,38 milliard dollardan ortiq kassa yig‘imiga erishdi va eng muvaffaqiyatli animatsion loyihalardan biriga aylandi.

Multfilmning asosiy qahramonlariga avvalgi qismlarda bo‘lgani kabi Gollivud yulduzlari — Adam Sendler, Selena Gomes va Endi Semberg ovoz bergan. Yangi qismda ham ularning ishtirok etishi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?