«Ssenariyni o‘qib yig‘ladim»: Vin Dizel so‘nggi «Forsaj» va yangi serial haqida

«Ssenariyni o‘qib yig‘ladim»: Vin Dizel so‘nggi «Forsaj» va yangi serial haqida
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Forsaj» franshizasi asosida yangi serial yaratilmoqda va uning bosh ijrochi prodyuseri Vin Dizel bo'ladi.
  • Ushbu serialda franshiza qahramonlarining yangi qirralari va kengroq hikoyalari ochib beriladi, uning premyerasi 2028 yilga mo'ljallangan.
  • Shu bilan birga, «Abadiy forsaj» filmining suratga olish ishlari 2026 yilning dekabr oyida boshlanadi va Vin Dizel ushbu final filmi ssenariysidan ta'sirlanib, yig'laganini tan olgan.

Kinematografiya tarixidagi eng mashhur va serdaromad kinoseriyalardan biri — «Forsaj» endi striming olamiga qadam qo‘ymoqda. Amerikaning nufuzli Peacock platformasi franshiza olamiga asoslangan maxsus serial ustida ish boshlanganini rasman e’lon qildi.

Kinosanoatning ishonchli manbasi hisoblangan Deadline portali tarqatgan xabarga ko‘ra, ko‘p qismli yangi loyihada franshiza bosh qahramonlarining yangicha qirralari va kengroq hikoyalari ochib beriladi.

Vin Dizel — bosh prodyuser: Loyiha kimlarga ishonib topshirildi?

Franshizaning ramzi va bosh yulduzi Vin Dizel yangi serialda bosh ijrochi prodyuser sifatida ishtirok etadi:

  • Ijodiy jamoa: Serialni yaratish mas’uliyati mashhur teleloyihalar orqali tanilgan Mayk Deniyels («Anarxiya o‘g‘illari») hamda Vulf Koulman («Ko‘k tuslar») kabi tajribali mutaxassislarga topshirilgan.

  • Vin Dizelning izohi:

«Muxlislar doimo ko‘proq «Forsaj»ni, sevimli qahramonlarining yangi sarguzashtlari va yashirin tarixlari haqida ko‘proq bilishni xohlashadi. Biz bu vaqt davomida televideniye va seriallar hududiga kirish uchun eng qulay va to‘g‘ri fursatni kutdik», — deya tushuntirdi yulduz aktyor.

«Abadiy forsaj» va serial qachon chiqadi?

Muxlislar uchun yana bir muhim yangilik franshizaning kulminatsion yakuni bilan bog‘liq:

  • So‘nggi film: Kinosaganing yakuniy qismi hisoblangan «Abadiy forsaj» filmini suratga olish ishlari 2026 yilning dekabr oyida rasman boshlanadi.

  • Hissiyotli ssenariy: 59 yoshli Vin Dizel final filmi ssenariysining yakuniy variantini o‘qib chiqayotgan paytda ko‘z yoshlarini tiya olmaganini tan oldi.

  • Premera muddati: Yangi serialning ekranlarga chiqishi 2028 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u katta ehtimol bilan katta ekranlardagi yakuniy film premerasi bilan bir vaqtda tomoshabinlarga taqdim etiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar