Bobur Mansurov o‘g‘liga multfilm ko‘rsatishga nima sababdan qarshilik bildiradi?

1 daqiqa o'qish3
Bobur Mansurov o‘g‘liga multfilm ko‘rsatishga nima sababdan qarshilik bildiradi?

Bloger va vayner Bobur Mansurov farzand tarbiyasi hamda oilasiga ajratayotgan vaqti haqida gapirdi. Uning aytishicha, hozir ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga harakat qiladi. Shu sababli ish vaqtini ham aniq belgilab olgan.

Boburning ta’kidlashicha, avvallari bo‘sh vaqtida ham qo‘shimcha ish qilish, yangi loyihalarni boshlash haqida o‘ylagan. Hozir esa ish kunini ertalab soat 10:00 dan kechki 18:00 gacha qilib belgilashgan. Ishdan so‘ng qolgan vaqtini oilasi va farzandiga bag‘ishlaydi.

Bloger o‘g‘li bilan yaqin munosabatda bo‘lish unga o‘zgacha quvonch va motivatsiya berayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uydan chiqib ketganida bolasi yig‘laydi, qaytib kelib eshikni taqillatishi bilan esa uni izlab yugurib chiqadi.

Mansurov farzandining vaqtini asosan telefon yoki televizor qarshisida o‘tkazishini istamaydi. Shu bois turmush o‘rtog‘idan ham bolaga multfilm qo‘yib bergan-bermaganini so‘rab turadi. U o‘g‘liga multfilm tomosha qildirishdan ko‘ra, u bilan ko‘proq suhbatlashish, birga o‘ynash va vaqt o‘tkazish muhimligini ta’kidlaydi.

«O‘zim ham ishdan kelib, u bilan ko‘proq gaplashaman, birga qo‘shilib o‘ynayman», — deydi Bobur Mansurov.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?