Yulduz Usmonova og‘ir kunni yodga oldi: "Akamnining janozasiga bora olmaganman" (video)

1 daqiqa o'qish327
Yulduz Usmonova og‘ir kunni yodga oldi: "Akamnining janozasiga bora olmaganman" (video)

Taniqli xonanda, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova intervyularidan birida akasining vafoti munosabati bilan o‘tkazilgan janozaga bora olmaganini ma’lum qildi. Xonanda bunga o‘sha kuni oldindan belgilangan to‘ylari sabab bo‘lganini aytdi.

Yulduz Usmonovaning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni uning besh-oltita to‘yi bo‘lgan va buyurtmachilar unga oldindan pul berib qo‘ygan. Shu sababli u ishini bekor qila olmagan.

“O‘sha kuni besh-oltita birrov to‘yim bor edi, pulini berib qo‘yishgan. O‘sha paytda muxlislar juda ashaddiy bo‘lardi. 'Akangiz o‘tib qolibdilar', deyishdi. Shunday to‘xtadim-da. Hozirgi san’atkor bo‘lsa, burilib ketadi.

Borib, o‘sha to‘ylarda xizmat qilib yurdim. Beshinchi to‘yda oxirida chiday olmay yig‘lab yuborganman. Oxirgi ashuladan keyin chiqib ketganman. Ungacha hamma to‘ylarni o‘tkazib, undan keyin ketganman. Janozaga ozgina ulgurmay qolganman, lekin ishimni qilib ketganman. Qonun shunaqa. Ishimiz shunaqa”, — deya esladi Yulduz Usmonova.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?