Yulduz Usmonova tatuirovkasi haqidagi savolga kutilmagan javob berdi (video)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova tanasidagi tatuirovka haqida gapirib, bu qaroridan hozir afsusda ekanini bildirdi. San’atkor uning nakleyka emas, haqiqiy tatuirovka ekanini aytdi.
Intervyu davomida undan tanasidagi tasvir tatuirovkami yoki vaqtinchalik nakleykami, deb so‘raldi. Bunga javoban xonanda tatuirovkani Niderlandiyada (Gollandiya) yashab yurgan paytida tushirtirganini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hozirgacha tatuirovkani o‘chira olmagan. Buning uchun lazer usulidan boshqa samarali yo‘lni ham topmagan.
«Yoshligimda o‘z boshimga o‘zim bo‘lib, shunday qaror qabul qilganman. Haligacha o‘chira olmayapman. Bu juda yaramas narsa ekan. Tatuirovka qildirmoqchi bo‘lganlarga maslahatim — bu ishga qo‘l urmanglar, men qilgan xatoni takrorlamanglar», — deya ta’kidladi xonanda.
Shu tariqa, Yulduz Usmonova yoshlikdagi shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan qaror yillar o‘tib ham insonga noqulaylik tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlab, tatuirovka qildirishni istaganlarga o‘z tajribasidan kelib chiqib maslahat berdi.






























Izohlar 0
…