Andrea Bochelli ilk bor Samarqandda konsert beradi

Andrea Bochelli ilk bor Samarqandda konsert beradi
Qisqacha

1 sentyabr kuni Samarqanddagi tarixiy Registon maydonida Andrea Bochellining yirik konserti bo'lib o'tadi. Italiyalik tenor O'zbekistonda ilk bor sahnaga chiqadi. Konsertda u bilan birga soprano Ayda Garifullina, O'zbekiston Milliy simfonik orkestri va xor jamoalari ishtirok etadi. Kechada jahon mumtoz musiqasining sara asarlari hamda ko'pchilikka tanish qo'shiqlar yangraydi.

1 sentyabr kuni Samarqand shahridagi tarixiy Registon maydonida zamonamizning mashhur tenor ovoz sohiblaridan biri — Andrea Bochellining yirik konserti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon sahnalarida yuksak obro‘ qozongan italiyalik artist ilk bor O‘zbekistonda sahnaga chiqadi. Uning chiqishi nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda keng muhokama etilishi kutilmoqda.

Musiqa kechasida Andrea Bochelli bilan birga mashhur soprano Ayda Garifullina, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri hamda xor jamoalari ham ishtirok etadi. Kechada jahon mumtoz musiqasining eng sara asarlari va ko‘pchilikka tanish qo‘shiqlar yangraydi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, konsert Registon maydoni kabi jahon madaniyati merosiga kirgan sahnada o‘tkazilayotgani bilan yanada ahamiyatlidir. Bu kecha Samarqandning madaniy hayotida yorqin voqeaga aylanishi shubhasiz.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar