Hojiboy Tojiboyev qizi “Otasi nomiga loyiq emas” degan gaplarga javob

2 daqiqa o'qish2.1K
Hojiboy Tojiboyev qizi “Otasi nomiga loyiq emas” degan gaplarga javob

Mashhur hazil ustasi, marhum Hojiboy Tojiboyevning qizi Madina Tojiboyeva turmushga chiqdi. Uning yo‘ldoshi — aktyor va xonanda Islom Mansurov, ijodiy dunyoda “Uztim” taxallusi bilan tanilgan. Juftlikning munosabati va to‘yi ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘ldi, ayniqsa, ular haqida tarqalgan turli mish-mishlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Islomning aytishicha, ular karantin paytida tanishgan. Jonli efirda pul topish haqida suhbat olib borganida Madina savol bergan va shu orqali tanishuv boshlangan. “Birinchi ko‘rganimdayoq shu qiz mening bo‘ladi, deb o‘yladim. Bir haftadan keyin unga sevgimni izhor qildim”, — deydi u.

Biroq ijtimoiy tarmoqlarda Madina “ikkinchi ayol” sifatida turmushga chiqqan degan izohlar ham paydo bo‘ldi. Bunga sabab Islomning 33 yoshga kirgani va unga nisbatan turli shubhalar bo‘lgani aytiladi. Madina esa bunga ham oydinlik kiritdi: “Yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslik kerak. Men Islomning oilasi bor deb o‘ylab qo‘rqqan paytlarim ham bo‘lgan. Ammo u barchasini izohlab berdi”, — dedi kelin.

Kuyovning aytishicha, unga nisbatan aytilgan shubhalar videolar orqali paydo bo‘lgan. U o‘z jiyanlarini videolarga chiqargani uchun odamlar “qizi” deb o‘ylab qolgan. “Hech qachon oila qurmaganman. Faqat to‘g‘ri odamni topmaganman”, — dedi Islom.

To‘y marosimida ko‘pchilik ijobiy fikr bildirgan bo‘lsa-da, kelin ko‘ylagi haqida salbiy izohlar ham bo‘ldi. Madina bu haqda ochiq gapirdi: “Otasining nomiga loyiq bo‘lmabdi degan qarg‘ishlar eshitdim. Lekin men ochiq-sochiq kiyim kiymaganman. Qarg‘ashlardan ko‘ra, ko‘pchilik meni to‘ydagi eng zamonaviy libos egasi sifatida maqtadi. Birovning fikri bilan yashash niyatim yo‘q”, — dedi u.

Islom esa turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlab, “Bu narsani hech kimga isbotlash shart emas. Asosiysi, men uning yonida edim. Negativ fikrlar yozadiganlar hayotida natijaga erishmagan odamlar. Ularning gapini parvo qilish shart emas”, — deya izoh berdi.

Yosh juftlikning to‘yida o‘zbek shou-biznesi vakillari ham qatnashdi. Ular raqsga tushgan paytda ham salbiy izohlar bo‘ldi, ammo Islom va Madina bunga jiddiy e’tibor qilmagan. “To‘yimiz bir marta bo‘ladi, nega o‘ynamadik deb afsuslanishni istamadik. Shuning uchun ham chiqib, chin dildan raqsga tushdik. Biz tabiatan sho‘x juftlikmiz”, — deyishdi ular.

Madina nikoh oqshomida otasining shogirdi Valijon Shamshiyev uni ota sifatida kuzatib qo‘yganini ham eslab o‘tdi. Juftlik fikriga ko‘ra, ular to‘yda boricha bo‘lishni xohlashgan va shuning uchun ham tanqidlarga parvo qilmasdan, samimiylikni tanlashgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?