date

Yangi O‘zbekiston haqidagi "Yangi O‘zbekiston: Mirziyoyev yo‘li" kitobi Nyu-Yorkda namoyish etildi

Yangi O‘zbekiston haqidagi "Yangi O‘zbekiston: Mirziyoyev yo‘li" kitobi Nyu-Yorkda namoyish etildi
Nyu-York shahridagi BMT Bosh qarorgohida O‘zbekiston taraqqiyotiga bag‘ishlangan muhim tadbir — “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” asari taqdimoti o‘tkazildi. Bu tantanali marosim xalqaro hamjamiyat diqqat markazida bo‘lib, unda 100 ga yaqin nufuzli mehmon — BMT rahbariyati, turli davlatlar diplomatlari, xalqaro tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar kitob orqali so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va natijalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Asarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlar, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar atroflicha yoritilgani qayd etildi.

So‘zga chiqqan ma’ruzachilarning ta’kidlashicha, “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi nafaqat mamlakat ichki hayotida, balki mintaqaviy va xalqaro maydonda ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘ldagi sa’y-harakatlar davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. Ayniqsa, xalq bilan ochiq muloqot, davlat idoralari faoliyatining shaffofligi va hisobdorligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yangi O‘zbekiston haqidagi "Yangi O‘zbekiston: Mirziyoyev yo‘li" kitobi Nyu-Yorkda namoyish etildi