Bred Pitt birinchi maoshini nimalarga sarflaganini oshkor qildi

Bred Pitt birinchi maoshini nimalarga sarflaganini oshkor qildi

Gollivud yulduzi Bred Pitt aktyorlikdan olgan birinchi daromadi qanday ketganini eslab, qiziqarli fakt bilan bo‘lishdi. So‘zlariga ko‘ra, u dastlabki maoshini taniqli arxitektor Frenk Lloyd Raytga tegishli bo‘lgan qadimiy stul va lampani sotib olishga sarflagan.

Pitt aytishicha, ikkinchi maoshi ham uzoqqa bormagan — u bu safar orzusida yurgan stereo tizimni xarid qilgan.

Aktyorning o‘zi tan olganidek, o‘sha paytda u moddiy boylik to‘plashdan ko‘ra, o‘zini ruhlantirgan va zavq bag‘ishlagan narsalarga pul sarflashni ma’qul ko‘rgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar