Anjelina Joli 24,75 million dollarlik tarixiy qasrini sotdi: hashamatli uy ortida qanday hikoya bor?

Anjelina Joli 24,75 million dollarlik tarixiy qasrini sotdi: hashamatli uy ortida qanday hikoya bor?

Gollivud yulduzi Anjelina Joli Los-Anjelesdagi tarixiy qasrini 24,75 million dollarga sotdi. Aktrisa mulkni dastlab 29,85 million dollarga savdoga qo‘ygan va xaridor topish uchun qariyb besh oy kutgan.

Joli ushbu hashamatli mulkni 2017 yilda 24,5 million dollarga sotib olgan edi. Bred Pitt bilan ajrashganidan so‘ng, farzandlari bilan shu uyga ko‘chib o‘tgan. 1913 yilda qurilgan tarixiy qasr bir vaqtlar mashhur rejissyor Sesil B. DeMillga tegishli bo‘lgan. Keyinchalik mulk DeMillar oilasida saqlanib kelgan.

Qasr hududida alohida mehmon uyi, 12 metrlik basseyn, fitnes zali, oshxona va qorovulxonasi bo‘lgan garaj mavjud. Mulk ko‘p yillik daraxtlar va keng maysazorlar bilan o‘ralgan.

Uyning derazalaridan Gollivud tepaliklari va mashhur Griffit observatoriyasi ko‘rinadi.

Joli avvalroq egizak farzandlari Noks va Viven 18 yoshga to‘lganidan so‘ng Los-Anjelesni tark etib, chet elga ko‘chib ketish rejasi haqida gapirgan edi.

Shuningdek, shu yil iyul oyida 18 yoshli Viven familiyasini shunchaki Joli qilib o‘zgartirish uchun sudga ariza bergani xabar qilingan. U Pitt familiyasidan voz kechgan oiladagi to‘rtinchi farzand bo‘lgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar