Ulug‘bek Qodirov kutilgan “Xonimey” qo‘shig‘ini taqdim etdi (video)

Mashhur aktyor va xonanda Ulug'bek Qodirov 1 iyul kuni soat 19:00 da o'zining yangi "Xonimey" nomli qo'shig'ini muxlislar e'tiboriga havola etdi. Muhabbat, sog'inch va samimiy tuyg'ularni tarannum etuvchi mazkur romantik tarona e'lon qilinishi bilanoq ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish bilan kutib olindi. Ushbu taronaning matni Eldor Qayumov qalamiga mansub bo'lib, uning musiqasini Jamshid Gafarov bastalagan.
O‘zining yoqimli ovozi va ijodiy ishlari bilan muxlislar mehrini qozongan Ulug‘bek Qodirov yangi musiqiy loyihasini taqdim etdi.
Aktyorning “Xonimey” nomli yangi taronasi kecha, 1 iyul kuni soat 19:00 da premyera qilindi. Qo‘shiq e’lon qilinishi bilanoq ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
“Xonimey” — muhabbat, sog‘inch va samimiy tuyg‘ularni tarannum etuvchi romantik tarona bo‘lib, uning har bir satri tinglovchini o‘yga toldiradi. Qo‘shiqning ohanglari qalbning eng nozik torlarini chertib, sevgan insoniga bag‘ishlangan iliq tuyg‘ularni yodga soladi.
Ulug‘bek Qodirov nafaqat xonanda, balki aktyor sifatida ham tomoshabinlarga yaxshi tanish. Muxlislar yangi tarona munosabati bilan san’atkorni tabriklab, uning ijodiga omad va ulkan zafarlar tilashmoqda.
Ma’lumot uchun, “Xonimey” qo‘shig‘i matni Eldor Qayumov qalamiga mansub bo‘lsa, musiqasini Jamshid Gafarov bastalagan.






























Izohlar 0
…