Ulug‘bek Qodirov rol uchun 26 kilogramm vazn qo‘shgan

Aktyorlar ba’zan ekrandagi qahramonini ishonchli gavdalantirish uchun tashqi ko‘rinishida keskin o‘zgarish qilishga to‘g‘ri keladi. O‘zbek kinosida bunday mashaqqatli o‘zgarishga qo‘l urgan aktyorlardan biri — Ulug‘bek Qodirov.
Aktyor «Aka» filmidagi roli uchun qisqa vaqt ichida 26 kilogramm vazn qo‘shgan. Shu tariqa u qahramonining tashqi qiyofasiga moslashib, filmda obrazni yanada ishonarli aks ettirishga harakat qilgan.
Biroq keyinchalik «Baron» filmidagi roli uchun aktyor yana avvalgi jismoniy holatiga qaytishi kerak bo‘lgan. Buning uchun u 25 kilogramm vazn tashlagan.
Qayd etilishicha, Qodirovning vazni bir paytlar 120 kilogrammgacha yetgan. Aktyor rol talabi uchun tashqi ko‘rinishini jiddiy o‘zgartirgan bo‘lsa-da, keyinchalik salomatligi uchun ortiqcha vazndan voz kechgan.






























Izohlar 0
…