
Ko‘plab kino va spektakllardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa Muqaddas Xoliqova oilaviy hayot, sabr va murosa haqida samimiy xotirasi bilan o‘rtoqlashdi. Aktrisaning aytishicha, turmush va ijodni birga olib borish oson bo‘lmagan, ammo vaziyatdan chiqishning eng kuchli quroli — hazil bo‘lgan.
Muqaddas Xoliqova o‘sha yillarni eslar ekan, teatrdagi ish jadvali juda tig‘iz bo‘lganini aytadi. Spektakllar kech boshlanib, kech tugardi. Uyda esa uch nafar kichkina farzand — biri uch yoshda, biri ikki yoshda, yana biri bir yoshda.
— Eshikni taqillatardim, — deydi aktrisa. — Ichkaridan “Kim?” degan ovoz kelardi. “Men”, derdim. Turmush o‘rtog‘im bolalarni ko‘tarib turgancha: “Eyy, ishining onasini…” deb eshikni ochardi. Har kuni shu holat takrorlanardi.
Bir kuni esa vaziyat butunlay boshqacha tus oladi. Aktrisa eshikni taqillatib, yana “Kim?” degan savolga bu safar o‘sha gapni hazil aralash o‘zi aytadi. Natijada turmush o‘rtog‘i kulib yuboradi va eshikni ochadi. Shu kundan boshlab esa bu gap boshqa qaytarilmaydi.
— Hazilga yoʻymasangiz, hayot juda jiddiylashib ketadi, — deydi Muqaddas Xoliqova. — Ba’zan bir og‘iz kulgili gap muammoni yumshatib yuboradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.