Diyora Keldiyorova oilasi bilan birgalikda Parij shahrida!

O‘zbekistonlik mashhur dzyudochi Diyora Keldiyorova hozirda turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan Fransiyaning Parij shahrida. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar qoldirdi.
Sportchi Parijdan bir nechta surat va videolarni ham ulashgan. Kadrlar orasida uning oilaviy dam olish lahzalari, diqqatga sazovor joylarda tushgan suratlari mavjud. Muxlislar Diyoraning ushbu dam olishiga iliq tilaklar bilan izohlar qoldirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Diyora Keldiyorova Osiyo va jahon miqyosidagi ko‘plab musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Uning sportdagi muvaffaqiyatlari nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonlarda ham e’tirof etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing