Diyora Keldiyorova qizi Ziyaraning ilk tug‘ilgan kunidagi suratlar bilan bo‘lishdi!

O‘zbekistonlik Olimpiada chempioni, dzyudochi Diyora Keldiyorova qizi Ziyaraning ilk tug‘ilgan kunini nishonladi. Sportchi ushbu quvonchli kunning chiroyli suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislari bilan bo‘lishdi.
Diyora qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan samimiy fikrlarini ham yozib qoldirdi. U onalik hissi hayotidagi eng katta baxtlardan biriga aylanganini ta’kidladi.
“Farzandlik bo‘lgunimcha ichimda har doim nimamdir kamdek tuyulardi, ona bo‘lib ichim butunlay nurga to‘ldi. Dunyodagi eng shirin xislatlardan biri bu onalik bo‘lsa kerak”, — deya yozdi sportchi. Diyora Keldiyorova qizalog‘ining ilk yoshini nishonlar ekan, ushbu kunni o‘ziga xos quvonch bilan qarshi oldi. Suratlarda ona va qizning baxtli lahzalari aks etgan.

Sportchining muxlislari ham bu quvonchli voqeani e’tiborsiz qoldirmadi. Izohlarda Ziyaraning tug‘ilgan kuni bilan tabriklar va ezgu tilaklar qoldirilmoqda.































Izohlar 0
…