Gulinur va Janob Rasul muxlislarini yangi tarona bilan quvontirdi!

Ko‘plab duet qo‘shiqlari bilan tinglovchilar mehrini qozongan xonandalar Gulinur va Janob Rasul yangi taronasini taqdim etmoqda. "Mers" deb nomlangan ushbu qo‘shiq yana bir kayfiyatbaxsh xit sifatida muxlislarga taqdim etilmoqda.
Ijodkorlar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlarida yangi qo‘shiq haqida ma’lumot berib, tarona yaqin kunlarda klip bilan birga namoyish etilishini ham bildirishgan. Xonandalar klipdan lavhalarni ham sahifalarida joylab bormoqda.
Mazkur duet avval ham bir nechta qo‘shiqlari bilan tinglovchilar orasida katta qiziqish uyg‘otgan. Shu bois yangi tarona ham muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda.
Ayni paytda muxlislar "Mers" qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni intiqlik bilan kutmoqda. Klip tez orada taqdim etilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!