Xonanda Gulinur yangi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Xorazmlik xonanda Gulinur Egamberganova «O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-tadqiqot markazi» tomonidan «O‘z kasbining fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. San’atkor bu haqda Instagram sahifasida bir nechta suratlarni e’lon qilib, muxlislari bilan quvonchli yangilikni bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun, Gulinur Egamberganova 1994 yil 14 noyabr kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan. Xonanda shu vaqtga qadar «Galmadi», «Devona», «Jazira», «Dardimni», «Yolvora», «Nishatay» kabi qo‘shiqlari bilan tinglovchilar e’tiborini qozongan.
San’atkorning yangi mukofot bilan taqdirlangani muxlislari tomonidan ham iliq kutib olindi. Uning Instagram sahifasidagi izohlarda kuzatuvchilar Gulinurni ushbu e’tirof bilan tabriklab, ijodiy faoliyatiga yanada katta muvaffaqiyatlar tilamoqda.































Izohlar 0
…