Shahlo Salayeva eriga homiladorligini ma’lum qildi

Shahlo Salayeva eriga homiladorligini ma’lum qildi

Xonanda Shahlo Salayevaning oilasiga oid quvonchli xabar aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Unda xonanda turmush o‘rtog‘i Veysel Dulgerga yana farzandli bo‘lishini ma’lum qilgani aks etgan. Videoda er-xotinning ushbu yangilikka munosabati aks etgan.

Shahlo Salayeva va Veysel Dulgerning munosabatlari so‘nggi oylarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Juftlik joriy yil iyul oyida O‘zbekiston va Turkiyada to‘y marosimlarini o‘tkazgan.

Avvalroq xonanda turmush o‘rtog‘i bilan tanishuvi, oilaviy hayoti va o‘g‘li Murod bilan munosabatlari haqida ham ochiq gapirgan edi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videodagi xabar keng muhokama qilinmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar