“Benom” guruhi Munisa Rizayeva va Shohruhxon bilan duet kuylab, muxlislarni xursand qildi (video)

“Benom” guruhi 27–30 noyabr kunlari Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi saroyida konsert dasturlarini taqdim etishi ma’lum qilingan edi. Kecha, 27 noyabr kuni jamoaning ilk konserti bo‘lib o‘tdi.
Konsert davomida “Benom” guruhi xonandalar Shohruhxon va Munisa Rizayeva bilan sahnada duet ijro etdi. Hamkorlikdagi chiqishlar tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat ulashib, konsertga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Ushbu duetlar zalda yig‘ilgan muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Konsertdan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalib, foydalanuvchilar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar Munisa Rizayeva bilan ijro etilgan duetni yuqori baholagan bo‘lsa, boshqalar Shohruhxon bilan sahnadagi chiqishni ko‘proq yoqtirganini bildirdi.
“Benom” guruhining konsert dasturlari 30 noyabrga qadar davom etadi.
Sizga qaysi xonanda bilan ijro etilgan duet ko‘proq yoqdi? Munisa Rizayeva bilanmi yoki Shohruhxon bilan? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…