Robert Pattinson Gollivuddagi 5,3 million dollarlik uyi uchun 2052 yilgacha kredit to‘laydi

Madaniyat1 daqiqa o'qish5
Robert Pattinson Gollivuddagi 5,3 million dollarlik uyi uchun 2052 yilgacha kredit to‘laydi

Britaniyalik aktyor Robert Pattinson 2022 yilda Gollivud tepaliklaridan 5,3 million dollarga uy sotib olgan. Biroq mulk uchun rasmiylashtirilgan ipoteka krediti 2052 yilgacha davom etishi ko‘zda tutilgan. O‘sha vaqtga kelib aktyor 66 yoshga to‘ladi.

OK! nashrining mulk hujjatlariga tayangan xabariga ko‘ra, uy uchun 3 million dollarlik ipoteka krediti rasmiylashtirilgan. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Pattinson har oy bankka qariyb 13,5 ming dollar to‘lab boradi. Kredit muddati davomida foizlar uchun to‘lanadigan jami mablag‘ esa 1,9 million dollarga yaqinlashishi mumkin.

Hozirda 40 yoshli aktyor qallig‘i Syuki Uoterxaus va ikki yoshli qizi bilan Beverli-Hillzdagi ijaraga olingan uyda yashamoqda. Ularning oilaviy hayoti aktyorning suratga olish ishlari sabab turli shaharlarda o‘tmoqda. Oila avval Nyu-York, Yangi Orlean va Londonning g‘arbiy qismida ham ijaraga olingan uylarda yashagan.

Pattinson 2022 yilda sotib olgan uy 1939 yilda ispan mustamlaka me’morchiligi uslubida qurilgan. Unda uchta yotoqxona, hovlisida esa kichik basseyn bor. Mulk ko‘chadan baland darvoza va qalin yashil to‘siq bilan ajratilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?