Nozanin G‘afforova “O‘zbegim” loyihasining mutlaq g‘olibasi bo‘ldi

Aktrisa Nozanin G‘afforova quvonchli yangilik bilan bo‘lishdi. U “O‘zbegim” teleloyihasida birinchi o‘rinni egallab, loyihaning mutlaq g‘olibasiga aylandi.
Aktrisa bu haqda Instagram sahifasida ma’lum qildi. U g‘alabasiga bag‘ishlangan suratlarni e’lon qilib, ushbu yutug‘ini o‘ziga ishongan va undan umid qilgan insonlarga bag‘ishlashini bildirdi.
«“O‘zbegim” reality-shousining mutlaq g‘olibasi bo‘ldim. Tabriklashingiz mumkin. Bu yutug‘imni menga ishongan va umid qilgan insonlarimga bag‘ishlayman. Bu hali boshlanishi», — deb yozdi Nozanin G‘afforova.
G‘alaba munosabati bilan aktrisaga “O‘zbekligim — o‘zligim” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashakkurnoma topshirildi. Shuningdek, u 20 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga ham ega bo‘ldi.
Nozanin G‘afforovaning ushbu yutug‘i muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. Ijtimoiy tarmoqdagi izohlarda aktrisani tabriklab, kelgusidagi ijodiy faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilashmoqda.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…