Malika Ravshanovaning "Bu mening onam" qo'shig'i aslida qanday maqsadda yaratilgan?

Xonanda Malika Ravshanova muxlislariga o‘zining mashhur qo‘shiqlaridan biri — “Bu mening onam” haqida so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiq mashhurlik yoki moliyaviy daromad uchun yaratilmagan.
“Bu qo‘shiqni men 35 yoshimda ijro etdim. Rahmatli dadajonimning orzularini ro‘yobga chiqarish va san’at yo‘limda o‘qishim, san’atga ketishimga imkon yaratgan inson onam edi. U yolg‘izligi bilan bizni katta qildi, oson bo‘lmagan. Orzu qilardim, shu ota-ona haqida qo‘shiq aytayki, millionlab qo‘shiqlar orasida yo‘qolib ketmasin”, — deya xonanda qo‘shimcha qildi.
Malika Ravshanova o‘zining qo‘shig‘i orqali ota-onaga bo‘lgan hurmat va minnatdorchiligini ifoda etganini, qo‘shiqni yaratish maqsadi esa insoniy qadriyatlarni, oilaning mehr-oqibatini yodga solish ekanini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!