Mirjalol Nematov “Kabutar” bilan muxlislarni rom etdi (video)

Xonanda Mirjalol Nematov 10 aprel kuni muxlislarini yana bir yangilik bilan quvontirdi. San’atkor o‘zining yangi taronasi — “Kabutar”ni taqdim etib, uni keng jamoatchilik e’tiboriga havola qildi.
Qo‘shiq YouTube platformasiga joylashtirilishi bilan qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otdi. Oradan ko‘p o‘tmay videoklip 120 mingga yaqin tomosha to‘plab, tinglovchilar orasida tez ommalashishni boshladi.
Izohlar bo‘limida muxlislar yangi taronani iliq kutib olib, ijobiy fikrlarini bildirishmoqda. Ular qo‘shiqning ohangi, ijrosi va zamonaviy uslubini alohida e’tirof etib, Mirjalol Nematovga ijodiy muvaffaqiyatlar tilashmoqda.
Mutaxassislar fikricha, “Kabutar” yaqin kunlarda haqiqiy xitga aylanishi mumkin. Qo‘shiq allaqachon tinglovchilar qalbidan joy olib, ijtimoiy tarmoqlarda ham faol muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!