Mirjalol Nematovdan “Anor” — yangi tarona taqdim etildi (video)

Xonanda Mirjalol Nematov bugun soat 19:00 da “Anor” nomli yangi qo‘shig‘i va klipini premyera qildi. Yangi tarona qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini tortib, ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Klipda aktrisa Zarina Yo‘ldosheva va xonandaning o‘zi ishtirok etgan bo‘lib, undagi sahnalar va obrazlar tomoshabinlar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda.
Biroq, aktrisaning kiyinish uslubi ham muhokamalarga sabab bo‘lib, ayrimlar uni biroz ochiq deb hisoblashgan.
Tinglovchilar qo‘shiqni iliq kutib olib, izohlarda ijobiy fikrlarini qoldirishmoqda. Ko‘pchilik uning ohangi va mazmunini yuqori baholab, klipdagi ijro alohida ta’kidlashgan. Xonandaga esa keyingi ijodiy ishlarida omad tilab, yana shunday ta’sirli qo‘shiqlar kutib qolishayotganini yozishmoqda.





























Izohlar 0
…