Mirjalol Nematovning “Lola” taronasi qisqa vaqtda 1,2 million marta tomosha qilindi (video)

Mirjalol Nematovning “Lola” taronasi qisqa vaqtda 1,2 million marta tomosha qilindi (video)

Xonanda Mirjalol Nematov yangi “Lola” nomli qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etdi. 8 oktyabr kuni xonandaning YouTube kanalida namoyish etilgan tarona qisqa vaqt ichida millionlab tomoshabinlar e’tiborini qozondi.

Klip hozirga qadar 1,2 million martadan ortiq tomosha qilinib, uning ostida 1,2 mingdan ziyod izoh qoldirilgan. Izohlarda tinglovchilar qo‘shiq va videoklip haqidagi iliq fikrlarini bildirib, xonandaga ijodiy muvaffaqiyatlar tilamoqda.

“Lola” taronasining videoklipida Mirjalol Nematovning hamrohi sifatida Nozanin G‘afforova ishtirok etgan. Yangi qo‘shig‘i muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokama qilinmoqda.

Agar ushbu taronani 1 balldan 10 ballgacha baholash imkoniyati bo‘lsa, unga necha ball qo‘ygan bo‘lardingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar