Uch marta xiyonat: Xonzodaning ajrashish sabablari ochiqlandi

1 daqiqa o'qish23.6K
Uch marta xiyonat: Xonzodaning ajrashish sabablari ochiqlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aktrisa va instabloger Xonzoda Qambarova "Qiyofa" podkastida shaxsiy hayoti, jumladan, oilasining buzilishi sabablari haqida so'zlab berdi.
  • U turmushida bir necha bor, hatto uch marta xiyonatga duch kelganini va farzandlari uchun majburiy alimentdan voz kechganini ma'lum qildi.
  • Xonzoda farzand tarbiyasida muvozanatni saqlashga harakat qilishini va qiyinchiliklarga qaramay, yolg'iz onalar uchun o'rnak bo'lishga intilishini ta'kidladi.

Aktrisa va instabloger Xonzoda Qambarova YouTube’dagi “Qiyofa” podkastida shaxsiy hayotiga doir ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi. U oilasi nega buzilgani, nima uchun alimentdan voz kechgani va farzand tarbiyasidagi qarashlari haqida ochiq gapirdi.

Xonzodaning aytishicha, turmushi davomida u bir necha bor xiyonatga duch kelgan. Hatto uch marta shunday holatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini ta’kidladi. Shunga qaramay, u bu dardni ommaga oshkor qilishni istamagan. Uning fikricha, shaxsiy muammolarni ko‘z-ko‘z qilish hech qanday natija bermaydi.

Bloger avvalgi intervyusidagi “kolbasaga pulimiz yo‘q edi” degan gaplariga ham izoh berdi. U bolaligida oddiy hayot kechirganini, maktabda boshqalardan kamroq imkoniyatga ega bo‘lgani uchun o‘ziga nisbatan noqulaylik his qilganini aytdi. Ammo bu holat keyinchalik uning eng katta motivatsiyasiga aylangan.

Ayol baxti haqidagi qarashlari ham e’tiborli. Uning ta’kidlashicha, ba’zi hollarda ortiqcha yugur-yugurdan ko‘ra sokin hayot kechirish insonni baxtga yaqinlashtiradi. Biroq u o‘zini “dangasa” bo‘la olmaydigan insonlar qatoriga qo‘shdi.

Farzand tarbiyasida esa Xonzoda muvozanatni saqlashga harakat qiladi. Qizlariga barcha sharoitni yaratib berish bilan birga, ortiqcha erkalashning oldini olishga intilgan. Shu maqsadda katta qizini bir muddat davlat bog‘chasiga o‘tkazganini ham aytib o‘tdi.

Eng ko‘p muhokama qilingan masalalardan biri — aliment. Xonzoda bolalari uchun majburiy pul olishni istamasligini bildirdi. Uningcha, insondan zo‘rlab mablag‘ undirishdan ko‘ra, ixtiyoriy yordam qimmatroq.

Shu bilan birga, u farzandlarining otasi bilan munosabatiga qarshi emas. Aksincha, bolalar otasi mehrini his qilishi kerak, deb hisoblaydi. Ammo hozircha faqat katta qizi otasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazmoqda.

Xonzoda o‘z hayotidagi qiyin sinovlarga qaramay, bugun yolg‘iz onalar uchun o‘rnak bo‘lishga harakat qilayotganini ta’kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?