BTS yulduzini deb eshik qo‘ng‘irog‘ini 133 marta chaldi

1 daqiqa o'qish214
BTS yulduzini deb eshik qo‘ng‘irog‘ini 133 marta chaldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Janubiy Koreyada BTS guruhi a'zosi Chongukni ta'qib qilgan braziliyalik xorijiy muxlisga nisbatan sud hukmi chiqarildi.
  • Ma'lum bo'lishicha, ayol xonandaning uyiga bir necha bor borib, hatto bir tashrifi davomida eshik qo'ng'irog'ini 133 marta bosgan va o'tgan yilning dekabr oyidan boshlab uni kuzatib yurgan.
  • Seul tuman sudi mazkur holatni ko'rib chiqib, ayolni bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi hamda jazo ikki yillik sinov muddati bilan kechiktirildi.

Janubiy Koreyada BTS guruhi a’zosi Chongukni ta’qib qilgan xorijlik muxlisga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik ayol xonandaning uyiga bir necha bor borib, hatto bir tashrifi davomida eshik qo‘ng‘irog‘ini 133 marta bosgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab mashhur san’atkorni kuzatib yurgan. U Chongukka bo‘lgan muhabbati sababli uning uyi oldiga bir necha bor kelgan, xatlar va suratlar qoldirishga uringan.

Seul tuman sudi mazkur holatni ko‘rib chiqib, ayolni bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Biroq jazo ikki yillik sinov muddati bilan kechiktirildi. Agar qaror ustidan shikoyat qilinmasa, uni Janubiy Koreyadan chiqarib yuborish ehtimoli yuqori.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, ayol ilk bor 7 dekabr kuni Chongukning Seuldagi xonadoniga kelgan. U hudud atrofida aylanib yurgan, devor orqali turli buyumlar tashlagan va eshik tirqishlariga maktublar qoldirgan.

BTS yulduzini deb eshik qo‘ng‘irog‘ini 133 marta chaldi

Oradan bir necha kun o‘tib, u yana qaytib kelib, eshik qo‘ng‘irog‘ini 133 marta bosgan. Keyinchalik oziq-ovqat yetkazib berish xizmati xodimi orqasidan kirishga uringan vaqtida politsiya tomonidan ushlangan.

Huquq-tartibot idoralari ayolni ogohlantirib qo‘yib yuborgan bo‘lsa-da, u taqiqlarga amal qilmagan. Natijada politsiya maxsus order chiqarib, unga xonanda yashaydigan hududga 100 metrdan yaqinlashishni taqiqladi.

Shunga qaramay, muxlis o‘z harakatlarini davom ettirgan. Sudda ma’lum qilinishicha, u Chongukning uyi oldiga kamida 22 marta kelgan.

Sudya qaror chiqarishda gumonlanuvchining kelgusida bunday xatti-harakatlarni takrorlash ehtimoli past ekanini inobatga olgan.

Eslatib o‘tish joiz, bu Chonguk bilan bog‘liq birinchi shov-shuvli holat emas. Avvalroq xonanda harbiy xizmatni tugatganidan so‘ng uning uyiga kirishga uringan yana bir xorijlik ayol ham politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?