Eldor Shomurodov: Messi yoki Ronaldu? Kutilmagan javob berdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov "Nima gap?" ko‘rsatuvida futbol olamidagi eng mashhur savollardan biri – "Messimi yoki Ronaldu?" degan savolga o‘z munosabatini bildirdi.
Futbolchi bu savolga bitta ismni tanlash qiyinligini aytib, ikkala futbolchini ham yuqori baholashini ta’kidladi.
"Ikkalasini ham tanlayman. Chunki ko‘pchilik aytadigan fikrga qo‘shilaman: Messi — tug‘ma iste’dod, Ronaldu esa mehnat timsoli. Shaxsan menga Messining o‘yinlarini tomosha qilish ko‘proq yoqadi. Lekin Ronalduni ham juda hurmat qilaman. Shuncha yil davomida shu darajada o‘ynashning o‘zi juda katta natija. Menimcha, uning xarakteri va o‘ziga bo‘lgan ishonchi, ya’ni egosi uni shu darajagacha olib chiqqan", — dedi Shomurodov.
Terma jamoa sardorining ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda futbol muxlislari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar uning Messi haqidagi e’tirofiga e’tibor qaratgan bo‘lsa, boshqalar Ronalduning mehnatsevarligini alohida ta’kidlaganini yuqori baholamoqda.






























Izohlar 0
…