Mashhur turk aktrisasi Eda Eje it hujumiga uchrab shifoxonaga yotqizildi

Aktrisa Eda Eje Bodrumda mototsiklda harakatlanayotganida it hujumiga duch keldi. Hodisa natijasida uning tovon qismi jarohatlangan va aktrisa tibbiy yordam olish uchun shifoxonaga murojaat qilgan.
Eda Eje Bodrum davlat shifoxonasining tez yordam bo‘limiga olib borildi. Shifokorlar unga kerakli muolajalarni o‘tkazib, jarohatlangan oyog‘ini tekshirishdi.
Tibbiy yordamdan keyin aktrisaning umumiy ahvoli yaxshi ekani aytildi. Uning shifoxonada qolgani yoki uyiga javob berilgani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…