Bolaligida "Dunyoning eng go‘zal qizi" sifatida tanilgan Tilan Blondo turmushga chiqdi!

Bolaligida "dunyoning eng go‘zal qizi" sifatida tanilgan fransiyalik model Tilan Blondo musiqachi va didjey Ben Attalga turmushga chiqdi. 25 yoshli modelning nikoh marosimi Parijda yopiq tarzda, yaqinlar davrasida o‘tkazildi.
Ben Attal aktrisa Sharlotta Gensbur va rejissyor Ivan Attalning o‘g‘li hisoblanadi. U, shuningdek, taniqli bastakor Serj Gensbur hamda aktrisa Jeyn Birkinning nabirasi.
To‘ydan keyin Tilan Blondo ijtimoiy tarmoqda marosimga ayrim paparatssilar ruxsatsiz kirganidan norozi bo‘ldi. Ularning xususiy tadbirda olingan surat va videolarni ommaga tarqatgani modelning e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Blondo bu kun o‘zi va turmush o‘rtog‘i uchun shaxsiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, to‘ydan olingan lavhalarning ruxsatsiz e’lon qilinishiga qarshi chiqdi.
Tilan Blondo besh yoshidan buyon modellik bilan shug‘ullanadi. U yetti yoshida "Vog" jurnali uchun fotosessiyada qatnashganidan keyin "dunyoning eng go‘zal qizi" sifatida keng tanilgan.































Izohlar 0
…