Hijobsiz qo‘shiq aytgan eronlik xonanda qamchilash jazosiga hukm qilindi

Hijobsiz qo‘shiq aytgan eronlik xonanda qamchilash jazosiga hukm qilindi

Eronlik xonanda Parastu Ahmadiy va uning jamoasidagi 8 kishi 74 darra qamchilash jazosiga hukm qilindi. Bunga xonandaning 2024 yil dekabr oyida jonli efirda “Az Khoone Javanane Vatan” qo‘shig‘ini hijobsiz holda kuylagani sabab bo‘lgan.

Qum shahridagi sud ularni “bexayo va axloqsiz kontent” yaratish va tarqatishda aybdor deb topgan. Jazo sifatida ularga 74 darra qamchilash bilan birga, 2 yil davomida Erondan chiqish va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish ham taqiqlangan.

Huquq himoyachilari bu qarorni tanqid qilib, Eron qonunchiligida ayolning qo‘shiq kuylashi jinoyat emasligini, ish esa noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirishgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar