Xonzoda Do‘stova "Shinanay" premyerasini o‘zgacha tarzda nishonladi (video)

Xonanda va bloger Xonzoda Do‘stova "Shinanay" nomli yangi qo‘shig‘ining premyerasi munosabati bilan o‘zgacha bayramona tadbir uyushtirdi. Ushbu kechaga taniqli san’atkorlar, aktrisalar, blogerlar hamda uning yaqin do‘stlari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida maxsus tayyorlangan katta bayram torti nafaqat mehmonlarga, balki o‘sha hududdagi aholiga ham ulashildi. Mazkur taronaning rasmiy premyerasi bugun soat 19:00 da bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Xonanda va bloger Xonzoda Do‘stova uzoq kutilgan "Shinanay" nomli yangi qo‘shig‘i premyerasi munosabati bilan o‘zgacha tadbir uyushtirdi. San’atkor ushbu unutilmas lahzalarni Instagram sahifasiga joylagan videoposti orqali muxlislari bilan bo‘lishdi.
Premyera oqshomiga taniqli xonandalar, aktrisalar, blogerlar hamda yaqin do‘stlari tashrif buyurdi. Tadbir samimiy muhit, ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda o‘tgani videolarda yaqqol aks etgan.
Tadbir uchun maxsus tayyorlangan katta bayram torti nafaqat mehmonlarga, balki tadbir bo‘lib o‘tgan hududdagi aholiga ham ulashildi. Bu esa muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
Xonzoda Do‘stova posti ostida shunday yozdi:
"Bugungi premyeram juda fayzli o‘tdi. Tashrif buyurgan muxlislarimga, bloger va san’atkor do‘stlarimga chin dildan tashakkur aytaman."

Ijtimoiy tarmoqlarda ham san’atkorning yangi loyihasi iliq qarshi olinmoqda. Kuzatuvchilar unga ijodiy muvaffaqiyatlar tilab, yangi taronaning omadli bo‘lishini tilashmoqda.
Ma’lumot uchun, "Shinanay" qo‘shig‘i va videoklipining rasmiy premyerasi bugun soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.






























Izohlar 0
…