Xonzoda Kambarova uchrashuvga chiqishdan oldin yigitlarga karta raqamini yuborishini aytdi

Xonzoda Kambarova uchrashuvga chiqishdan oldin yigitlarga karta raqamini yuborishini aytdi

Aktrisa va bloger Xonzoda Kambarova RTV telekanalining “Boricha gaplashamiz” ko‘rsatuvidagi suhbatda yigitlar bilan uchrashuvga chiqishdan oldin ularga karta raqamini yuborishini ma’lum qildi.

“Kartamni tashlayman-da, mana shuncha summani tashlaysan, deyman. Bu mening restoranga chiqish summam. Opamga shu narsani aytib bersam, 'Sen kimsan?' dedilar hayratlanib.

Psixolog bir soat o‘tirib, suhbatlashgani uchun 100, 300, hatto 500 dollargacha oladi. Bir soat dardingizini eshitish uchun haq olsa, men nega ikki soat vaqtimni bekorga sarflab, uchrashuvga borishim kerak?” — dedi Xonzoda Kambarova.

Aktrisaning ta’kidlashicha, ba’zida bu usul orqali uchrashuvga chiqishdan bosh tortgan holatlari ham bo‘ladi. U yigitlar qimmat restoranga taklif qilganida ham o‘z shartini ochiq aytishini bildirdi.

“U 100 foiz 'Mana shunday restoran taklif qilaman sizga' yoki 'qimmat restoran' deydi. Men esa 'Mana, kartam' deyman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar