“Dunyoning eng go‘zal ko‘zlari” ortidagi sir: Ayshvariya Rayning ko‘z rangi nega o‘zgarib turadi?

"Dunyo go‘zali — 1994" g‘olibi Ayshvariya Ray nafaqat kino faoliyati, balki tabiiy ko‘z rangi bilan ham dunyoga tanilgan. Aktrisaning ko‘zlari yorug‘likka qarab turlicha ko‘rinadi: ayrim paytda ko‘k tus ustun bo‘lsa, boshqa holatda yashil rang yaqqolroq seziladi.
Ayshvariya Rayning ko‘z rangi tabiiy bo‘lib, u ko‘k va yashil ranglar aralashmasidan tashkil topgan. Aktrisa ba’zan rol yoki fotosurat uchun linza taqishi mumkin. Shunga qaramay, uning mashhur qiyofasida tabiiy yashil-ko‘k ko‘zlari asosiy belgilardan biri bo‘lib qolgan.
Bir qator nufuzli nashrlar Ayshvariya Rayni ko‘zlari eng chiroyli insonlar ro‘yxatiga kiritgan. Uning o‘ziga xos ko‘z rangi oila a’zolarida ham kuzatilishi aytilgan. Bu esa mazkur xususiyat genetik yo‘l bilan o‘tganini ko‘rsatadi.































Izohlar 0
…