"Yo‘q men postelsiz kirib keldimku": Jayrona unga qo‘yilgan nohaq ayblovlarga keskin javob qaytardi

"Yo‘q men postelsiz kirib keldimku": Jayrona unga qo‘yilgan nohaq ayblovlarga keskin javob qaytardi

Aktrisa Jayrona intervyulardan birida san’atga kirib kelish yo‘li va o‘ziga nisbatan aytilgan tanqidlar haqida ochiq gapirdi. Uning ta’kidlashicha, shaxsiy tajribasi haqida so‘zlaganda faqat o‘zi boshidan o‘tkazgan holatlarni nazarda tutgan va barcha ijodkorlar nomidan javob berishni istamagan.

Jayrona suhbat oldidan boshqa hamkasblarining intervyularini ko‘rib chiqqanini aytdi. Shu orqali unga qanday savollar berilishi mumkinligini taxmin qilgan. Intervyu davomida aktrisadan nega fohisha rollarini o‘ynash joniga tegmagani so‘ralgan.

Aktrisa bu savolga javob berar ekan, san’atda o‘z o‘rnini topishi ancha yillarga cho‘zilganini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muayyan takliflarga rozi bo‘lmagani sababli imkoniyatlari cheklangan va o‘zini namoyon qilishi qiyin kechgan.

"Menga qo‘ng‘iroq qilgan rejissyorga ham aytganman: mahoratimdan ayb topolmaysiz. Taklifga rozi bo‘lmaganim uchun yo‘lim yillarga cho‘zildi. Odamlarda san’atga faqat postel orqali kirish mumkin degan fikr paydo bo‘ldi. Yo‘q, men postelsiz kirib kelganman", dedi Jayrona.

Uning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar aktrisaning ochiq gapirganini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar uning so‘zlarini keskin deb baholadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar