Afruzaning yangi “Topolmaysiz” nomli qisqa taronasiga muxlislarning qiziqishi ortmoqda! (video)

Afruza yaqin kunlarda yangi qo‘shiq taqdim etishini bildirdi. Xonanda ijtimoiy tarmoqda "Topolmaysiz" deb nomlangan taronasi ustida ish yakunlanayotganini ma’lum qildi.
U yangi qo‘shiqdan qisqa parcha joylab, uning ohangi va matni bilan muxlislarini tanishtirdi. Lavha e’lon qilingach, kuzatuvchilar tarona haqida o‘z fikrlarini yozib qoldirishdi.
Izohlarda muxlislar "Topolmaysiz" qo‘shig‘ining to‘liq shaklini intiqlik bilan kutayotganini bildirmoqda. Qisqa parchaning o‘ziyoq ko‘pchilikka ma’qul kelgani va taronaga qiziqish uyg‘otgani ko‘rinadi.
Shu bilan birga, qo‘shiqning rasmiy premyera kuni hali belgilanmagan. Xonanda hozircha faqat uning tez orada taqdim etilishini aytgan.































Izohlar 0
…