O‘zbek tomoshabini sevgan "Oshin" seriali orqali tanilgan yapon aktrisasi haqida siz bilmagan faktlar

1 daqiqa o'qish31.1K
O‘zbek tomoshabini sevgan "Oshin" seriali orqali tanilgan yapon aktrisasi haqida siz bilmagan faktlar
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yuko Tanaka 1983 yilda NHK telekanalida namoyish etilgan "Oshin" serialidagi o‘rta yoshdagi Oshin obrazi orqali keng tanilgan.
  • 1955 yilda Osakada tug‘ilgan aktrisa Meydzi universitetida tahsil olgan va ijodiy faoliyatini 1970 yillar oxirida boshlagan.
  • "Oshin"
  • Yaponiyada katta auditoriya to‘plab, keyinchalik 68 davlatda namoyish etilgan, serialning o‘rtacha yillik reytingi 52,6 foizni tashkil qilgan.

O‘zbekistonda "Oshin" seriali 2000 yillardan boshlab ko‘plab tomoshabinlar orasida mashhur bo‘lgan. Ayniqsa, hayotning eng og‘ir sinovlarida ham taslim bo‘lmaydigan, oilasiga sodiq va sabrli Oshin obrazi o‘zbek ayollariga yaqin timsol sifatida qabul qilingan.

Oshinning o‘rta yoshdagi davrini Yuko Tanaka gavdalantirgan. Aktrisa ekranda ona mehri, sabr va mas’uliyatni ishonarli tarzda ko‘rsata olgan. Uning shaxsiy hayotida farzandi bo‘lmagani bu rol yanada qiziq muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Yuko Tanaka 1955 yilda Osakada tug‘ilgan va Meydzi universitetida tahsil olgan. Uning aktyorlik faoliyati 1970 yillar oxirida boshlangan. 1979 yilda NHK telekanalidagi "Opa Ma" dramasida ishtirok etgan, ikki yildan keyin esa "Eydzanaika" tarixiy filmida rol ijro qilgan.

Ushbu ishlar Tanakaning kino olamida tanilishiga yo‘l ochgan. Aktrisa Yaponiya Kino akademiyasi tomonidan ham e’tirof etilib, bir nechta mukofotlarga loyiq ko‘rilgan.

1983 yilda esa uning ijodida eng tanilgan loyihalardan biri paydo bo‘ldi. NHK telekanali "Oshin" serialini efirga uzatdi. Serial Yaponiyada juda katta auditoriya to‘pladi va keyinchalik 68 davlatda namoyish etildi.

"Oshin"ning o‘rtacha yillik reytingi 52,6 foiz bo‘lgan, ayrim qismlarda esa tomoshabinlar ulushi 62,9 foizga yetgan.

Serial voqealari 1900 yilda tug‘ilgan kambag‘al dehqon qizi Oshin atrofida kechadi. U bolaligidan og‘ir mehnat, qashshoqlik va turli tazyiqlarni boshdan kechiradi, ammo hayotda o‘z o‘rnini topish uchun harakatdan to‘xtamaydi. Bolalikdagi Oshinni Ayako Kobayasi, keyingi yoshdagi qahramonni esa Yuko Tanaka ijro etgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?