"Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi" filmidagi Nina Maslova bugun qanday yashamoqda?

Sovet kinosi muxlislariga yaxshi tanish Nina Maslova 79 yoshni qarshi olgan. Uning eng mashhur obrazlaridan biri "Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi" filmidagi Marfa Vasilyevna roli hisoblanadi. Aktrisa 1946 yil 27 noyabrda Rigada dunyoga kelgan.
Nina Maslova faqat bir film bilan cheklanib qolmagan. U "Katta o‘zgarish" va "Afonya" kabi mashhur kartinalarda ham rol ijro etgan. Biroq aynan Marfa Vasilyevna obrazi uni keng auditoriyaga tanitgan.
Aktrisaning kasb tanlashi ham qiziq kechgan. U avval Moskva irrigatsiya institutida o‘qigan. Keyin esa muhandislik yo‘nalishi o‘ziniki emasligini anglab, san’at sohasiga o‘tishga qaror qilgan.
Maslova VGIKda Sergey Gerasimov va Tamara Makarova qo‘lida tahsil olgan va 1971 yilda o‘qishni tamomlagan. Keyingi yillarda u kino sohasida faol ishlab, turli obrazlarni gavdalantirgan.

Uning shaxsiy hayotida ham murakkab davrlar bo‘lgan. Bolaligida onasi va o‘gay otasi bilan munosabatlari og‘ir kechgani aktrisaning hayotiga ta’sir ko‘rsatgan. Shunga qaramay, u ijodini davom ettirgan va 2006 yilda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.
Bugun Nina Maslova ommaviy tadbirlarda avvalgidek tez-tez ko‘rinmaydi. Lekin uning Marfa Vasilyevna roli sovet kinosi muxlislari orasida hali ham eng tanish obrazlardan biri bo‘lib qolmoqda.































Izohlar 0
…