“Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmida 53 yildan beri hech kim payqamagan kinodagi xato aniqlandi

Mashhur “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi” komediyasida oradan 53 yil o‘tib, tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan kinolap aniqlandi. Gap filmning yakuniy sahnalaridan birida stol ustida turgan xanjar kamera rakursi o‘zgarganidan keyin hech qanday izohsiz g‘oyib bo‘lib qolgani haqida bormoqda. Bu mayda detal yarim asrdan ortiq vaqt davomida deyarli sezilmagan bo‘lib, filmni qayta ko‘rgan tomoshabinlar uni ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qila boshlashdi.
Mashhur “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” komediyasida oradan 53 yil o‘tib, tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan kinolap aniqlandi.
Gap filmning yakuniy sahnalaridan biri haqida ketmoqda. Kadrda stol ustida turgan xanjar ko‘rinadi. Ammo kamera rakursi o‘zgarganidan keyin u hech qanday izohsiz g‘oyib bo‘lib qoladi.
Bu mayda detal yarim asrdan ortiq vaqt davomida deyarli sezilmagan. Filmni qayta ko‘rgan tomoshabinlar esa ushbu holatni payqab, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qila boshlashdi.
“Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” sovet kinosidagi eng ko‘p tomosha qilingan komediyalardan biri hisoblanadi. Shunga qaramay, undagi ayrim mayda sahnaviy xatolar hali ham yangi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
































Izohlar 0
…