Ruxshona «O‘z kasbining fidoyisi» medali bilan taqdirlandi

Xonanda Ruxshona MDH miqyosida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rik-tanlovda medal bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida san’atkorga, shuningdek, «O‘z kasbining fidoyisi» nomli sertifikat ham topshirildi.
Ruxshona ushbu xushxabarni Instagram sahifasida e’lon qilgan surat va videolari orqali ma’lum qildi. Xonanda uchun mazkur e’tirof ijodiy faoliyatidagi muhim yutuqlardan biri bo‘ldi. U tadbirdan olingan lavhalarni muxlislari bilan bo‘lishib, quvonchini ularga ham ulashdi.
Ushbu video va rasmlar ostida xonanda o‘zining 16 yildan ortiq ijodiy faoliyati davomida erishgan navbatdagi yutug‘idan mamnun ekanini bildirib, «O‘z kasbining fidoyisi» medali bilan taqdirlanganini ma’lum qilgan.
«16 yildan oshiq ijod qilib kelyapman! Behisob shukur! Kuchli erkak — ayoli g‘alaba qozonganida uni qo‘llab-quvvatlaydi va yonida turadi. Zaif erkak esa: “Nega unga, menga emas?” — deb so‘raydi. “O‘z kasbining fidoyisi” medali bilan taqdirlandim! Hammangizga katta rahmat! “Xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni ham nasib qilsin», — deya yozib qoldirgan xonanda.































Izohlar 0
…