Botir Qodirovning “Oshiqman” taronasi iliq kutib olindi (video)

Botir Qodirovning “Oshiqman” taronasi iliq kutib olindi (video)

Xonanda Botir Qodirov muxlislariga yangi taronasini taqdim etdi. “Oshiqman” deb nomlangan yangi qo‘shiq 5 oktyabr kuni xonandaning YouTube kanalida namoyish etildi.

Taqdim etilganiga bir kun ham bo‘lmasdan tarona qariyb 30 ming marta tomosha qilindi. Qo‘shiq tinglovchilar tomonidan iliq kutib olinib, video ostida ko‘plab ijobiy fikrlar qoldirilmoqda.

Muxlislar yangi taronaga bildirgan izohlarida qo‘shiq va uning ijrosini yuqori baholagan. “Oshiqman” taronasi qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini qozonib, xonandaning yangi ijodiy ishiga qiziqish yuqori ekanini ko‘rsatdi.

Xonandaning yangi taronasi sizga yoqdimi? Agar qo‘shiqni 1 dan 10 ballgacha baholash imkoniyati bo‘lganida, unga necha ball qo‘ygan bo‘lardingiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar