Xonanda Navruza yana bir bor ona bo‘ldi

Xonanda Navruza 5 oktyabr kuni yana bir bor ona bo‘ldi. San’atkor o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quvonchli xabarni ma’lum qilib, qiz farzandli bo‘lganini bildirdi.
Xonanda chaqaloqning suratini sahifasiga joylab, uning dunyoga kelganini katta quvonch bilan ma’lum qildi.
«Bugun tunda farishtamiz dunyoga keldi! Yana bir bor onalik baxtiga muyassar bo‘lganimdan Allohimga behisob shukrlar bo‘lsin!» — deb yozdi Navruza.
Ma’lum bo‘lishicha, san’atkorning ilk farzandi ham qiz bo‘lib, uning ismi Soliha.
Navruza «Jannat edi sevgimiz», «Sevmading», «Sevsang bilsin dunyolar», «Meniki bo‘lmading» kabi qo‘shiqlari bilan muxlislarga tanish.

Xonandaning quvonchli xabariga muxlislari va yaqinlari ham iliq tilaklar bildirmoqda.






























Izohlar 0
…