Taniqli aktyor Rajab Adashev prezident bilan bo‘lgan uchrashuvda taklif etilmagani bahslarga sabab bo‘ldi (video)

O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashevning prezident bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvga taklif etilmagani ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda. Aktyorning o‘zi bu haqda izoh berib, uchrashuvga chaqirilmaganini aytdi.
"Menga hech kim aytmadi, chaqirishmadi. Balki yuqoridan ro‘yxat kelgandir, lekin biznikilar esga solishsa bo‘lardi", — dedi Rajab Adashev.
Shuningdek, Ibratbek Komilov aktyor ishtirok etmaganiga e’tibor qaratib, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida video e’lon qildi.
"Shu qatorda Rajab Adashev ortiqchalik qildimi? Nega bizda hech qachon san’atkorlar tirikligida qadrlanmaydi? Yaxshi ish bo‘lmadi. Bobom juda xafa bo‘lib qoldilar", — deya yozdi u.
Ma’lum bo‘lishicha, aktyorning muxlislari ham uning uchrashuvga nega taklif etilmagani haqida savollar bergan. Mazkur holat san’atkorlarni hayotlik chog‘ida qadrlash masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi.
Hozircha Rajab Adashevning uchrashuvga taklif etilmagani sabablari yuzasidan rasmiy izoh berilgani haqida ma’lumot yo‘q.































Izohlar 0
…