Shahrizoda Madaminova oila qurishga tayyorligini aytdi: “O‘z odamimni uchratganim yo‘q”

Aktrisa va model Shahrizoda Madaminova RTV telekanalining “Boricha gaplashamiz” ko‘rsatuvidagi suhbatda shaxsiy hayoti va turmush qurish haqidagi rejalari haqida gapirdi.
Model hozircha ko‘ngliga yoqadigan insonni uchratmaganini, biroq oila qurishga tayyor ekanini ta’kidladi. U turmush qurib, oila bekasi bo‘lish va farzandli bo‘lishni istashini aytdi.
“O‘z odamimni uchratganim yo‘q. Ich-ichimdan tayyorman, turmush qurib, oila bekasi bo‘lib, farzandlar ko‘rishga. Karyerani yetarlicha qilyapman, deb o‘ylayman”, — dedi Shahrizoda Madaminova.
Suhbat davomida boshlovchi unga bo‘lajak turmush o‘rtog‘i “Shahrizoda, kel, yig‘ishtir modellik sohangni”, desa, qanday yo‘l tutishi haqida savol berdi.
Aktrisa hozircha turmushga chiqmayotganining sabablaridan biri ham xorijdan kelayotgan takliflar bilan bog‘liqligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga asosan chet eldan turmush qurish takliflari bo‘lmoqda.
“Shunaqa deyishayotgani uchun turmushga chiqmayapman. Menda, asosan, chet eldan takliflar. Lekin men O‘zbekistonimizni juda yaxshi ko‘raman. Ota-onamdan uzoqda bo‘la olmayman, yig‘lab yuboraman. Bir hafta chet elga ketsam ham, ularni sog‘inib yig‘lay boshlayman. O‘rtoqlarimni, bu yerdagi hayotimni juda yaxshi ko‘raman. Shuning uchun chet elga turmushga chiqib, u yoqda yashashni hali tasavvur qila olmayman”, — dedi Shahrizoda Madaminova.
Ma’lumot uchun, Shahrizoda Madaminova 2004 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U san’at maktabida tahsil olgan va modellik faoliyatini 2020 yilda boshlagan. Shuningdek, u Madam's modellik agentligining asoschisi va rahbari hisoblanadi.






























Izohlar 0
…