Shahrizoda Madaminova: «Meni “aktrisa, model” deb atashlari yoqmayapti» (video)

Model va aktrisa Shahrizoda Madaminova «Boricha gaplashamiz» loyihasidagi suhbatda faoliyatidagi o‘zgarishlar haqida gapirdi. U avval o‘zini «model va aktrisa» deb atashlaridan xursand bo‘lganini, hozir esa bunday ta’rifni eshitganda biroz noqulay his qilishini aytdi.
«Oldin “model, aktrisa” deyishsa, xursand bo‘lardim. Hozir esa ozgina uyalyapman. “Kerak emas, bunday deb chaqirmanglar”, deyman», — dedi Shahrizoda Madaminova.
Undan buning sababi so‘ralganida, u hozir o‘zini boshqa yo‘nalishda ko‘rayotganini ta’kidladi.
«Bilmadim. “Aktrisa qiz, model qiz” deyishsa, qandaydir yoqmayapti menga. Men boshqacha statusga o‘tdim, deb o‘ylayman. Biznes sohasiga», — deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, Shahrizoda Madaminova 2004 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U san’at maktabida tahsil olgan va modellik faoliyatini 2020 yilda boshlagan.
Shahrizoda Madaminova Livan, Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro go‘zallik tanlovlarida ishtirok etgan. Shuningdek, u Madam's modellik agentligining asoschisi va rahbari hisoblanadi.






























Izohlar 0
…